“Ishonch va nafs chegarasi” nomli film namoyish etildi

#korrupsiyaga_qarshi_kurash

📍Joriy yilning 24 oktabr kuni Soliq qo’mitasi Hay’atining navbatdan tashqari majlisida “Soliq tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va mehnat intizomiga rioya qilish to’g’risida”gi masalalar muhokama qilingan edi. Mazkur Hay’at yig’ilishida Soliq qo’mitasi Raisi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasida barcha shaxsiy tarkib xodimlari ishtirokida jamoaviy profilaktik tadbiri tashkil etildi.

✍️ Yig‘ilish davomida tizimda tartib-intizomni mustahkamlash, xodimlarning mas’uliyati va halolligini oshirish, xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish zarurligi ta’kidlandi.

🎬 Shuningdek, yig‘ilish doirasida korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan xodimlar taqdiri asosida tayyorlangan “Ishonch va nafs chegarasi” nomli film namoyish etildi. Ushbu film orqali xodimlarga har bir qarorning ortida mas’uliyat va halollik turgani yana bir bor eslatib o‘tildi.