#profilaktik_tadbir

Halollik – jamiyat taraqqiyotining poydevori!

✔️Taxiatosh, Xoʻjayli va Nukus tumani soliq inspeksiyalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbir doirasida “Ishonch va nafs chegarasi” nomli film namoyish etildi.

Filmda xizmat vazifasini vijdonan bajarish, halollik va poklik tomoyillariga rioya qilish hamda nafsga qarshi kurashishning ahamiyati haqida so‘z bordi. Yig‘ilishda film orqali jamoa a’zolariga korrupsiyaning ayanchli oqibatlari, uning jamiyat va tashkilot rivojiga salbiy ta’siri yana bir bor yodga solindi.

Bu kabi tadbirlar barcha tuman va shaharlarda davom etmoqda.




