Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq

#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq

📍Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lishi, inson sha’niga dog‘ tushirishi bilan eng og‘ir illatlardan biri sanaladi. Shu sababli har bir davlat xizmatchisi uchun halollik va vijdonlilik eng muhim fazilatlardan biri bo‘lishi lozim.

Shu maqsadda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan Qanlikoʻl, Shumanay va Qoʻngʻirot tumanlari soliq inspeksiyalarida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirlarda xodimlar o‘z faoliyatida halollik, mas’uliyat va sadoqat tamoyillariga amal qilish zarurligini muhokama qildilar.

Uchrashuvlar davomida «Korrupsiyaga qarshi birlashamiz» nomli hujjatli film namoyish etildi. Undagi voqealar korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat qonuniy, balki insoniy burch ekanini yana bir bor eslatdi.