#MUKOFOT
Faol xotin-qizlarga «Itibar-2025» mukofoti topshirildi
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida «Itibar-2025» mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
📌O‘tkazilgan tadbirda yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida faollik ko‘rsatgan, xalqimiz farovon hayotini ta’minlash yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarimizning xizmatlari baholanib, ularga «Itibar-2025» mukofoti topshirildi.
⚡️ «Yil ayoli» milliy tanlovlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida Nukus tumani soliq inspeksiyasida ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan Allanazarova Nazira opa «Yilning eng vatanparvar ayoli» nominatsiyasi g‘olibi deb topilib, diplom bilan taqdirlandi.
📌Hurmatli Allanazarova Nazira opa sizni yutug‘ingiz bilan tabriklaymiz, kelgusidagi mashaqqatli va sharafli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.



