#korrupsiyaga_qarshi_kurash
Korrupsiyaning oldini olish – ustuvor vazifa

Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq xizmati organlarida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xodimlar o‘rtasida halollik va ochiqlik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan Chimboy va Qorao’zak tumani soliq inspeksiyalarida navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. Profilaktik tadbirda shaxsiy tarkib xodimlari bilan ochiq va bevosita muloqot olib borildi.
Tadbirlar davomida:
✔️ korrupsiyaning jamiyat va tizim rivojiga salbiy ta’siri
✔️ manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishning huquqiy asoslari
✔️ xizmat faoliyatida qonunchilikka qat’iy rioya etish zarurati
✔️ xodimlarning mas’uliyati va halollik tamoyillari atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, hayotiy misollar asosida turli vaziyatlar tahlil qilinib, ularning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.





