Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq

 

 

 

 

 

 

 

#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq

📍Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lishi, inson sha’niga dog‘ tushirishi bilan eng og‘ir illatlardan biri sanaladi. Shu sababli har bir davlat xizmatchisi uchun halollik va vijdonlilik eng muhim fazilatlardan biri bo‘lishi lozim.

📍Nukus shahri hamda Taxiatosh, Toʻrtkul, Taxtako‘pir tumanlari soliq inspeksiyalarida yig‘ilish o‘tkazilib, xodimlar o‘rtasida mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik kabi salbiy illatlar adolat va ochiqlik tamoyillariga putur yetkazishi hamda ish samaradorligini pasaytirishi ta’kidlandi. Shu bois, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash muhim ekanligi qayd etildi.

🔗 Shuningdek, soliq to’lovchilar bilan muloqot davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, shaxsiy manfaatni davlat manfaatidan ustun qo’ymaslik, mansab va vakolatini suiiste’mol qilmaslik ahamiyati tushuntirildi.