
#korrupsiyaga_qarshi_kurash
👉Moʻynoq tumani soliq inspeksiyasida Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasi Komplaens va korrupsiyaga qarshi nazorat bo’limi xodimlari tomonidan korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda korrupsiya xavf-xatarlarini bartaraf etish va bunday salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida har bir xodim o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, xodimlarga soliq to‘lovchilar bilan munosabatlarda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi salbiy holatlardan tiyilish lozimligi tushuntirildi.
Muloqot davomida tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashish, ularning noqonuniy faoliyatiga homiylik qilish kabi holatlarning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi.




