Soliq qo‘mitasi vakili va boshqarma mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

 

 

 

 

 

 

#uchrashuv

Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasida Soliq qo‘mitasi vakili va boshqarma mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati soha mutaxassislariga yetkazildi.

 

 

 

 

 

Jumladan, murojaatnomada har bir tashkilot va idoralarda Komplaens va ichki nazorat bo‘yicha alohida o‘rinbosar lavozimi joriy qilinib, tizimda nopok shaxslarni aniqlash, byudjet talon tarojini hamda mansab suiiste’molchiligini oldini olish asosiy vazifa sifatida belgilanganligi aytib o‘tildi.

Xususan, endilikda korrupsiyaning oqibatlari bilan emas, balki uni barvaqt oldini olish va preventiv choralar ko‘rish borasida Komplaens nazorat bo‘yicha ish yuritilishi har bir rahbar va xodimga etkazildi.

 

 

 

Tadbirda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi.