Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miziyoyev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 24-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Taxiatosh tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda jami 48 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida muntazam ravishda, batafsil ma’lumotlar berib borilmoqda.
Taxiatosh tuman davlat soliq inspeksiyasi joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari, xodimlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 102 ta korxonadagi 178 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.
Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 18 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 85 nafar, qurilish korxonalarida 27 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 48 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 16,4 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.
2022-yilning I choragi davomida tumanimiz soliq to‘lovchilari tomonidan byudjetga 8 mlrd 758,5 mln.so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz 7 mlrd 843,4 mln.so‘m bulib rejasi ortig‘i bilan ya’ni 111,7 foyizga bajarildi.
2022-yilning mart oyi davomida tumanimiz soliq to‘lovchilari tomonidan byudjetga 3 mlrd 497,4 mln.so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz 2 mlrd 774 mln.so‘m bulib rejasi 723,4 mln. so‘m ortig‘i bilan ya’ni 126,1 foyizga bajarildi.
Joriy yilning I choragi mobaynida “Soliq hamkor” dasturi orqali Taxiatosh tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 29 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 4 ta murojaat turli xil sabablarga ko‘ra rad qilingan. Ularning 25 tasida sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlandi.
Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, bugungi tadbirkor kechagisidan tubdan farq qiladi. Qonunchiligimiz ham ular uchun qator yengillik va qulaylik yaratishga qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga o‘z-o‘zidan chek qo‘yilmoqda. Halol tadbirkor uchun shaffof va qonuniy ishlaydigan davr keldi. Shu bois, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanuvchilar soni bugun 392 nafarni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda.
Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.



