Qoraózak tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Tolibaevning tadbirkorlarga murojaati va hisoboti

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miziyoyev joriy yilning     16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.

Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 24-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Qoraózak tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda jami 65 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida  muntazam ravishda, batafsil ma’lumotlar berib borilmoqda.

Bugungi kunda ham “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tuman soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini o‘rganib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatilmoqda.

Masalan, 1-chorak davomida 226 ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq organlariga aloqador masalalar bo‘yicha 226 ta muammolar ijobiy hal etildi. Shundan, 23 tasi soliq organlariga bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha, ya’ni 53 ta holatda dastlabki buxgalteriyasini yuritish bo‘yicha tushuncha berish, 10 ta E-imtiyoz AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish, 22 ta E-aktiv AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish, 3 ta holatda shaxsiy hisob varaqasidan nusxa kerakligi, 16 ta holatda 397,0 mln.so‘mlik QQSdan ortiqcha to‘lovni qaytarish, 95 ta holatda 227,8 mln.so‘mlik boshqa soliq turlaridan ortiqcha to‘lov summalarini qaytarish, 0 ta holatda soliq qarzini muddatini uzaytirish, 0 ta holatda debitor qarzdorligini o‘ndirish va 0 ta holatda boshqa masalalar aniqlandi.

Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, soliq to‘lovchilarga haqiqiy ma’noda ko‘makchi, o‘rgatuvchi bo‘lish soliq organlarining bosh vazifasiga aylanmoqda. Shu ma’noda, tadbirkorlar uchun yanada yengillik yaratish uchun “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ishga tushirilishi sohadagi yangilik bo‘ldi.

Bu tizim orqali, soliq organlari soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni, e’tibor qarating tekshirishlarni emas, tahlillarni o‘tkazishi mumkin. Ya’niki, soliq to‘lovchi faoliyati davomida qandaydir xatoliklarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa yoki hisobotlarida qandaydir tafovvutlar kuzatilayotgan bo‘lsa, avtomatlashgan tizim darhol soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga xatoliklarni tuzatish haqida xabarnoma jo‘natadi. Aqlli dastur o‘zi kamchiliklarni aniqlab, o‘z vaqtida tadbirkorga ko‘makchi bo‘lib, xabar berib boradi. Eng muhimi, bunda inson omili aralashmaydi.

Qoraózak tumani davlat soliq inspeksiyasi joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari, xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 102 ta korxonadagi 142 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 42 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 70 nafar, qurilish korxonalarida 20 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 10 nafar fuqaroning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 10,5 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

2022-yilning I choragi davomida tumanimiz soliq to‘lovchilari tomonidan  byudjetga 5 mlrd 896,2 mln.so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz 5 mlrd 988,3 mln.so‘m bulib  rejasi 101,5 foyizga bajarildi.

Joriy yilning I choragi mobaynida “Soliq hamkor” dasturi orqali Qoraózak  tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 9 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 9 tasida sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlandi.

Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, bugungi tadbirkor kechagisidan tubdan farq qiladi. Qonunchiligimiz ham ular uchun qator yengillik va qulaylik yaratishga qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga o‘z-o‘zidan chek qo‘yilmoqda. Halol tadbirkor uchun shaffof va qonuniy ishlaydigan davr keldi. Shu bois, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanuvchilar soni bugun                            180 nafarni tashkil etmoqda.

Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 1-choragi yakuni bilan tumanda 388 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messenjerida Qorauzak  tuman DSI rasmiy (300 dan ortiq a’zosi bor)  guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

Agarda Sizning soliq borasida savollaringiz yoki muammolaringiz bo‘lsa, quyidagi telefon raqamlari orqali savol yo‘llashingiz mumkin.

(61)465-54-13, (61) 465-42-85

Shuningdek, +99899-269-45-20 raqami orqali telegram messenjerida yozma murojaat qilishingiz mumkin.

Hurmatli tadbirkorlar! Tuman Davlat soliq xizmatida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi soliq xizmati xodimlari sizlarga ko‘mak berishga har doim tayyor.