Ellikqal’a tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Abaev Nurmirat Dadebaevichning “Soliq-hamkor” tamoyili asosida davlat soliq xizmati organlarining amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan murojaati

Assalomu alaykum,

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Xabarlaringiz bor, joriy yilning 16 mart kuni Muhtaram Prezidentimizning Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi chog‘ida soliq tizimni raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlari bilan bevosita muloqot qilish, ular duch kelayotgan muammolarni o‘rganish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergan edi.

“Soliqchi — ko‘makchi” tizimining mohiyati shundan iboratki, eng avvalo, biz endi ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan, unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanligini tanlab berishimiz zarur. Undan keyin esa, biznes sub’ektining “yashab ketishi”, ya’ni, faoliyat ko‘rsatmayotganlarini qayta tiklashga, buxgalteriyasini yuritishi, hisobotlarni to‘ldirishi va topshirishi, xullas, nima muammosi bo‘lsa hal etish bo‘yicha yordam berishga asosiy e’tibor qaratiladi.

Ellikqal’a tumani davlat soliq xizmati organiga I chorak uchun byudjet daromadlariga 14 001,1 mln.so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 14 508,7 mln.so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 103,6 foizga (507,6 mln.so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Belgilangan rejaning ortig‘i bilan bajarilishida har bir tadbirkorning sa’y-harakati, uning qiyinchilik va muammolarini tushungan holda, yaqin ko‘makchi sifatida yondashuv asosida ish tashkil qilingani asosiy sabab desam adashmayman.

Bugungi kunda, faoliyatimiz qancha soliq qonunchiligini buzish aniqlandi va qo‘shimcha soliq hisoblandi, deb tadbirkorni jazolashga emas, aksincha, soliq qonunchiligini buzilishini nechog‘lik kamayganligi va tadbirkorlarni ortiqcha xarajatlardan saqlab qolishga qancha hissa qo‘shilganligiga qarab belgilanadi.

Darhaqiqat soliq xodimi eng avvalo, yangi ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanini tanlab berishimiz zarur.

Shundan keyin esa biznes sub’ektining “yashab ketishi”, faoliyat ko‘rsatmayotganlarini tiklanishiga ko‘mak berish, buxgalteriyasini yuritishi, hisobotlarni to‘ldirishi va topshirishi, xullas, nima muammosi bo‘lsa hal etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga asosiy e’tibor qaratishimiz lozim.

Bugungi qiyin sharoitda manzilli ishlashni, har bir tadbirkor faoliyatiga uning qiyinchilik va muammolarini tushungan holda ko‘makchi bo‘lishni taqozo etadi.

Ellikqal’a tumani davlat soliq inspeksiyasida soliq to‘lovchilarni qabul qilish bo‘yicha markaz tashkil etildi hamda inspeksiya soliq xodimlarini amalga oshirilishi lozim bo‘lgan funksional vazifalarini belgilab beradigan yagona tartib ishlab chiqildi.

Jumladan, soliq to‘lovchilarni qabul qilish operatsion zalda 4 ta darcha (okno) orqali tegishli bo‘limlardan (Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limida 1 nafar, Kameral soliq tekshiruvi bo‘limidan 1 nafar, Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limidan 1 nafar, Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini prognozlashtirish bo‘limidan 1 nafar, 4 nafar xodim jalb qilingan.

Tadbirkorlarni faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyatini davomi qiyinchilik yuzaga kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga “Soliqchi–tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida soliq organlari tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilib kelmoqda.

“Soliqchi–tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida tumandagi 1 422 ta tadbirkorlik sub’ektlari o‘rganilib, shundan 323 ta tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

Shuningdek, ko‘maklashish zarur bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining:

– 75 tasining dastlabki buxgalteriyasini yuritishda,

– 84 tasining soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berishda,

– 32 tasiga soliq rejimini tanlashda,

– 72 tasiga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari,

– 15 tasining 25 mln.so‘m boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda,

– 11 tasining boshqa idora va tashkilotlarga bog‘liq bo‘lgan (4 tasiga imtiyozli kredit olishda, 7 tasiga yer olishda ko‘maklashish, 3 tasiga infratuzilma bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etishda, 10 ta hokimiyat bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etishda) muammolarni bartaraf etishda ko‘maklashildi.

10 ta ma’suliyati cheklangan jamiyatiga qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mehanizmini to‘xtatish hamda hisoblangan soliqlarni jamiyat hisob raqamiga qaytarishda ko‘maklashildi.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori bu borada muhim dasturilamal hujjat bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi.

Ellikqal’a tumani bo‘yicha 2022-yilning 1-choragida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 1 028 nafarni tashkil etmoqda. Shundan,

– 58 nafari ijtimoiy yo‘nalish,

– 180 nafari maishiy xizmatlar yo‘nalishi,

– 180 nafari sanoat,

– 475 nafari qishloq xo‘jaligi,

– 95 nafari axborot komunikasiya yo‘nalishlari bo‘yicha xizmatlar,

– 40 nafari xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qildi.

Telegramdagi davlat soliq boshqarmasining @qrmsb rasmiy kanali orqali soliq qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishingiz mumkin.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sizlarga sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanlarda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Davlat soliq boshqarmasi, shahar va tuman davlat soliq inspeksiyalarida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar sizlarga ko‘mak berishga har doim tayyor. O‘zlaringizni qiynayotgan muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzillar orqali bemalol murojaat qilishingiz mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat!