Qoraqalpog‘istan Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish tartibi soddalashtirildi

Qoraqalpog‘istan Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqoralik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish” chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-son Farmoni ijrosi yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasining hududiy davlat soliq xizmati organlari va tizimdagi tashkilotlardagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilishda ochiq mustaqil tanlov asosida munosib, yangicha fikirlaydigan, tashabbuskor va yosh namzodlarni saralab olish tartibi asosida qabul qilinmoqda.

2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat fuqarolik xizmati nazarda tutilgan respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida hususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan vacancy.argos.uz cayti orqali tanlov asosida  amalga oshirilmoqda.

Ushbu vacancy.argos.uz cayti orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga iqtisodiyot, huquqshunos va axborot texnologiyalari mutaxassisligiga ega bo‘lgan nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi.

             M.Utambetov, 

Insan resurslarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i