Beruniy tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i Qadambay Atajanovning tuman tadbirkorlariga murojaati va hisoboti.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergan edi.

Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash hamda tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 24-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xuddi shuningdek muhtaram prezidentimizning topshirig‘iga asosan Beruniy tumanida ham uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan uchrashuvda jami 60 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida  muntazam ravishda, batafsil ma’lumotlar berib borilmoqda.

Bugungi kunda ham “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tuman soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar uchrashgan holda ularning muammolarini o‘rganib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatilmoqda.

Masalan, yil boshidan 5 oy davomida 916-ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq organlariga aloqador masalalar bo‘yicha 752-ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida soliq turlari bo‘yicha 77-ta sub’ektlarning 690,5 mln so‘m mavjud, ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi yoki boshqa soliq turlaridan qarzdorlik hisobiga sondirildi.

Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, soliq to‘lovchilarga haqiqiy ma’noda ko‘makchi, o‘rgatuvchi bo‘lish soliq organlarining bosh vazifasiga aylanmoqda. Shu ma’noda, tadbirkorlar uchun yanada yengillik yaratish uchun “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ishga tushirilishi sohadagi yangilik bo‘ldi.

Bu tizim orqali, soliq organlari soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni, e’tibor qarating tekshirishlarni emas, tahlillarni o‘tkazishi mumkin. Ya’niki, soliq to‘lovchi faoliyati davomida qandaydir xatoliklarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa yoki hisobotlarida qandaydir tafovutlar kuzatilayotgan bo‘lsa, avtomatlashgan tizim darhol soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga xatoliklarni tuzatish haqida xabarnoma jo‘natadi. Aqlli dastur o‘zi kamchiliklarni aniqlab, o‘z vaqtida tadbirkorga ko‘makchi bo‘lib, xabar berib boradi. Eng muhimi, bunda inson omili aralashmaydi.

Beruniy tumani davlat soliq inspeksiyasi joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari, xodimlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 276 ta korxonadagi 510 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 10 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 370 nafar, qurilish korxonalarida90 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 129 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 53,2 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.