Hurmatli soliq to‘lovchilar!
Xabarlaringiz bor, joriy yilning 16-mart kuni Muhtaram Prezidentimizning Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi chog‘ida soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlari bilan bevosita muloqot qilish, ular duch kelayotgan muammolarni o‘rganish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergan edi.
“Soliqchi — ko‘makchi” tizimining mohiyati shundan iboratki, eng avvalo, biz endi ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan, unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanligini tanlab berishimiz zarur. Undan keyin esa, biznes sub’ektining “yashab ketishi”, ya’ni, faoliyat ko‘rsatmayotganlarini qayta tiklashga, buxgalteriyasini yuritishi, hisobotlarni to‘ldirishi va topshirishi, xullas, nima muammosi bo‘lsa hal etish bo‘yicha yordam berishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Bugungi qiyin sharoitda manzilli ishlashni, har bir tadbirkor faoliyatiga uning qiyinchilik va muammolarini tushungan holda ko‘makchi bo‘lishni taqozo etadi.
Ellikqal’a tumani davlat soliq inspeksiyasida soliq to‘lovchilarni qabul qilish bo‘yicha markaz tashkil etildi hamda inspeksiya soliq xodimlarini amalga oshirilishi lozim bo‘lgan funksional vazifalarini belgilab beradigan yagona tartib ishlab chiqildi.
Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilik yuzaga kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga “Soliqchi–tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida soliq organlari tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilib kelmoqda.
“Soliqchi–tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida 2022-yilda tumandagi 1330 ta tadbirkorlik sub’ektlari o‘rganilib, ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.
Shuningdek, ko‘maklashish zaro‘r bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining:
– 163 tasining dastlabki buxgalteriyasini yuritishda,
– 39 E-aktiv AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish,
– 39 E-ijara AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish,
– 82 E-imtiyoz AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish,
-97 ShBXdan ko‘chirma berish,
– 60 QQSdan qaytarilgan mavjud ortiqcha to‘lov summasi,
– 725 tasining 373.4 mln.so‘m boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda,
-68 ta soliq o‘rganiga aloqador boshqa muammolar,
– 7 tasining boshqa idora va tashkilotlarga bog‘liq bo‘lgan (5 tasiga imtiyozli kredit olishda, 8 tasiga yer olishda ko‘maklashish, 3 tasiga infratuzilma bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etishda, 16 ta hokimiyat bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etishda) muammolarni bartaraf etishda ko‘maklashildi.
18 ta ma’suliyati cheklangan jamiyatiga qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mehanizmini to‘xtatish hamda hisoblangan soliqlarni jamiyat hisob raqamiga qaytarishda ko‘maklashildi.
Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori bu borada muhim dasturilamal hujjat bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi.
Ellikqal’a tumani bo‘yicha 2022-yilda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 1 768 nafarni tashkil etmoqda. Shundan,
– 98 nafari ijtimoiy yo‘nalish,
– 293 nafari maishiy xizmatlar yo‘nalishi,
– 283 nafari sanoat,
– 833 nafari qishloq xo‘jaligi,
– 184 nafari axborot kommunikatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha xizmatlar,
– 77 nafari xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qildi.
Telegramdagi davlat soliq boshqarmasining @qrmsb rasmiy kanali orqali soliq qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishingiz mumkin.
Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sizlarga sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanlarda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Davlat soliq boshqarmasi, shahar va tuman davlat soliq inspeksiyalarida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar sizlarga ko‘mak berishga har doim tayyor. O‘zlaringizni qiynayotgan muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzillar orqali bemalol murojaat qilishingiz mumkin.
E’tiboringiz uchun rahmat!



