Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miziyoev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 24-may kuni Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Taxiatosh tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda jami 41 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida muntazam ravishda, batafsil ma’lumotlar berib borilmokda.
Taxiatosh tuman davlat soliq inspeksiyasi joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari, xodimlari tomonidan tadbirkorlik subektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 71 ta korxonadagi 104 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar muqim ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.
Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 9 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 55 nafar, qurilish korxonalarida 33 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 7 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 21,1 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.
2022-yilning II chorak boshidan byudjet tushumlari uchun belgilangan prognoz 11 mlrd 273 mln.sum bulib xakikatda 8 mlrd 472,1 mln.sum undirildi,ya’ni 75,1 foyzga bajarildi. Shuningdek may oyi davomida tumanimiz soliq to‘lovchilari tomonidan byudjetga 3 mlrd 686 mln.so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz 3 mlrd 333,3 mln.so‘m bulib rejasi ortig‘i bilan ya’ni 110,6 foyizga belgilangan prognoz ortig‘i bajarildi.
Joriy yilning 5 oyi mobaynida “Soliq hamkor” dasturi orqali Taxiatosh tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 69 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 16 ta murojaat turli xil sabablarga ko‘ra rad qilingan. Ularning 49 tasida sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlandi.
Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, bugungi tadbirkor kechagisidan tubdan farq qiladi. Qonunchiligimiz ham ular uchun qator yengillik va qulaylik yaratishga qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga o‘z-o‘zidan chek qo‘yilmoqda. Halol tadbirkor uchun shaffof va qonuniy ishlaydigan davr keldi. Shu bois, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanuvchilar soni bugun 341 nafarni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda.
Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.



