Korrupsiya—taraqqiyot kushandasi

Korrupsiyaning oldini olish, davlat soliq xizmati xodimlari va keng jamoatchilikda poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida navbatdagi profilaktik tadbirlar Beruniy tumanida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar soliq sohasida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida zarur tushuntirishlar berdilar.

Shuningdek, ushbu hududlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning huzuriga borib, soliq xizmati xodimlari bilan bog‘liq har qanday huquqbuzarliklar to‘g‘risida murojaat qilish lozim bo‘lgan raqamlar va maxsus botlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.