Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miziyoev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 8-noyabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Taxiatosh tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda jami 41 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida muntazam ravishda, batafsil ma’lumotlar berib borilmokda.
Taxiatosh tuman davlat soliq inspeksiyasi joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari, xodimlari tomonidan tadbirkorlik subektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 68 ta korxonadagi 71 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar muqim ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.
2022-yilning yil boshidan 11 oy byudjet tushumlari uchun belgilangan prognoz 34 mlrd 327,7 mln.sum bulib xakikatda 39 mlrd 174,7 mln.sum undirildi,ya’ni 114,0 foyzga bajarildi. Shuningdek noyabr oyi davomida tumanimiz soliq to‘lovchilari tomonidan byudjetga 3 mlrd 521,9 mln.so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi ortig‘i bilan ya’ni 107,0 foyizga belgilangan prognoz ortig‘i bilan bajarildi.
Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.



