Xabarlaringiz bor, joriy yilning 16 mart kuni Muhtaram Prezidentimizning Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi chog‘ida soliq tizimni raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlari bilan bevosita muloqot qilish, ular duch kelayotgan muammolarni o‘rganish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergan edi.
“Soliqchi — ko‘makchi” tizimining mohiyati shundan iboratki, eng avvalo, biz endi ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan, unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanligini tanlab berishimiz zarur. Undan keyin esa, biznes sub’ektining “yashab ketishi”, ya’ni, faoliyat ko‘rsatmayotganlarini qayta tiklashga, buxgalteriyasini yuritishi, hisobotlarni to‘ldirishi va topshirishi, xullas, nima muammosi bo‘lsa hal etish bo‘yicha yordam berishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Ellikqal’a tumani davlat soliq xizmati organiga yanvar-dekabr oyi uchun byudjet daromadlariga 71498,1 mln.so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 76996,2 mln.so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 107,7 foizga (5498,0 mln.so‘m ortiq) bajarildi.
Soliq turlari kesimida;
-Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘iga 750,0 mln.so‘m belgilangan prognoz amalda 819,0 mln.so‘mga 109,2 foizga bajarildi.
-Jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan yer va mol-mulk solig‘iga 25 mlrd 180,0 mln.so‘m belgilangan prognoz amalda 28413,0 mln.so‘mga 112,8 foizga tushum ta’minlanib, 3232,3 mln.so‘m ortig‘i bilan tushum ta’minlandi.
-Aylanmadan olinadiga soliq to‘loviga 4685,0 mln.so‘m belgilangan prognoz amalda 4838,0 mln.so‘mga 103,3 foizga 153,1 mln.so‘mga ortig‘i bilan bajarildi.
-Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i soliq to‘loviga 200,0 mln.so‘m belgilangan prognoz ko‘rsatkich amalda 371,0 mln.so‘mga 171,7 foizga tushum ta’minlandi
-Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘iga 2080,0 mln.so‘m belgilangan prognoz ko‘rsatkich amalda 1191,0 mln.so‘mga 57,3 foizga bajarildi.
Belgilangan rejaning ortig‘i bilan bajarilishida har bir tadbirkorning sa’y-harakati, uning qiyinchilik va muammolarini tushungan holda, yaqin ko‘makchi sifatida yondashuv asosida ish tashkil qilingani asosiy sabab desam adashmayman.
Bugungi kunda, faoliyatimiz qancha soliq qonunchiligini buzish aniqlandi va qo‘shimcha soliq hisoblandi, deb tadbirkorni jazolashga emas, aksincha, soliq qonunchiligini buzilishini nechog‘lik kamayganligi va tadbirkorlarni ortiqcha xarajatlardan saqlab qolishga qancha hissa qo‘shilganligiga qarab belgilanadi.
Darhaqiqat soliq xodimi eng avvalo, yangi ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanini tanlab berishimiz zarur.
Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgust kungi «Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-213-sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmonning 2-a-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan va shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’ektlari uchun 2023 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
– foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi;
– ijtimoiy soliq kamaytirilib, 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasida belgilanadi;
– yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi.
Bunda, yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslarga mazkur bandda belgilanayotgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
Jumladan, Foyda solig‘i stavkasi 15 foizdan 7,5 foizgacha kamaytiriladi natijasida 2 719 ta tadbirkorlik sub’eklarida yillik 77,8 mlrd.so‘m korxona ixtiyorida qolishi kutilmoqda.
Nukus shahar xududida Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4 foizdan 2 foizga tushirilishi natijasida 2 132 ta tadbirkorlik sub’eklarida 12,1 mlrd.so‘m mablag‘lar;
Boshqa tuman xududlarida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 2 foizdan 1 foizga tushirilishi natijasida 7 034 ta tadbirkorlik sub’eklarida 20,5 mlrd.so‘m mablag‘lar;
Shuningdek, olis hududlarda (Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Shumanay) faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foizdan 0,5 foizga tushirilishi natijasida 839 ta tadbirkorlik sub’eklarida 2,0 mlrd.so‘m mablag‘lar korxona ixtiyorida qolishi kutilmoqda.
Mol‑mulk solig‘i stavkasi ikki barobar kamayishi natijasida 2 960 ta tadbirkorlik sub’eklarida 24,0 mlrd.so‘m mablag‘lar korxona ixtiyorida qolishi kutilmoqda.
Yer-solig‘i stavkasi ikki barobar kamayishi natijasida 3 047 ta tadbirkorlik sub’eklarida 64,9 mlrd.so‘m mablag‘lar korxona ixtiyorida qolishi kutilmoqda.
Ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga kamayishi natijasida 19 534 ta tadbirkorlik sub’eklarida 85,7 mlrd.so‘m mablag‘lar ixtiyorida qolishi kutilmoqda.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanishi natijasida 18 215 ta tadbirkorlik sub’ektlarida 27,0 mlrd.so‘m mablag‘lar tadbirkor ixtiyorida qolishi kutilmoqda.
Farmonning 2-g-bandida Mo‘ynoq tumanidagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun qonunchilikda soliq imtiyozlarining kengaytirilgan ro‘yxati mavjudligi ma’ulumot uchun qabul qilinishi belgilab qo‘yildi.
Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabr kungi “Orolbo‘yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-25-sonli Farmoni bilan belgilangan imtiyozlar saqlab qolinadi.
Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun: foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha o‘rnatilgan soliq stavkalarini 1 foiz etib belgilangan.
Farmonning 6-bandida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablari xodimlarining, jumladan tarbiyachi va o‘qituvchilarning, ish haqi va unga nisbatan hisoblangan ijtimoiy soliq to‘lovlarini O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan amalga oshirish tartibi saqlab qolinishi belgilab qo‘yildi.
Farmonning 7-bandida asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash va respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish hamda og‘ir sharoitli hududlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish maqsadida 2022 yil 3-chorakdan boshlab 2024 yil yakuniga qadar har chorak yakuni bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi, istisno tariqasida, to‘liq Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoldirilmoqda.
Telegramdagi davlat soliq boshqarmasining @qrmsb rasmiy kanali orqali soliq qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishingiz mumkin.
E’tiboringiz uchun rahmat!



