Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yilning 16 mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, hususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatish sifati va qo’llamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o’rganish va soliq qonunchiligidagi o’zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o’zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 02 dekabr kuni Davlat soliq boshqarmasining boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazildi. Qonlikul tumanida o’tkazilgan uchrashuvda jami 156 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tadbirkorlik subektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida muntazam ravishda, batafsil ma’lumotlar berib borilmoqda.
Bugungi kunda ham “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tuman soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini o’rganib, sayyor soliq maslahatlari ko’rsatilmoqda.
Masalan, dekabr oyi davomida 26 ta korxonalarning muammolari batafsil o’rganildi. Natijada, soliq organlariga aloqador masalalar bo’yicha 20 ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog’liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko’rilmoqda.
Shuningdek, soliq turlari bo’yicha 5 ta subektlarning 5,9 million so’m mavjud ortiqcha to’lov summasi qaytarib berildi yoki boshqa soliq turlaridan qarzdorlik hisobiga singdirildi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, soliq to’lovchilarga haqiqiy ma’noda ko’makchi, o’rgatuvchi bo’lish soliq organlarining bosh vazifasiga aylanmoqda. Shu ma’noda, tadbirkorlar uchun yanada yengillik yaratish uchun “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ishga tushirilishi sohadagi yangilik bo’ldi.
Tuman bo’yicha joriy yilning dekabr oyida 16 ta subektda “Avtokameral” dasturi orqali tekshirishdan oldingi taxlil natijasida subektlar tomonidan o‘z ixtiyori bilan soliq hisobotlarni to’g’rilab DSIga qayta hisobot taqdim qildi natijada 62,4 mln.so’mga qayta hisobot olindi.
Bu tizim orqali, soliq organlari soliq to’lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni, e’tibor qarating tekshirishlarni emas, tahlillarni o’tkazishi mumkin. Ya’niy soliq to‘lovchi faoliyati davomida qandaydir xatoliklarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa yoki hisobotlarida qandaydir tafovvutlar kuzatilayotgan bo‘lsa, avtomatlashgan tizim darhol soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga xatoliklarni tuzatish haqida xabarnoma jo‘natadi. Aqlli dastur o‘zi kamchiliklarni aniqlab, o‘z vaqtida tadbirkorga ko‘makchi bo‘lib, xabar berib boradi. Eng muhimi, bunda inson omili aralashilmaydi.
Qonlikul tumani davlat soliq inspeksiyasi joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yaki va turlarining kamiytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari, xodimlari tomonidan tadbirkorlik subektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida dekabr oyida 25 ta korxonadagi 48 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.
Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 6 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 42 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 10,9 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.
2022 yilning 4-choragi davomida tumanimiz soliq to‘lovchilari tomonidan byudjetga 6 mlrd 907,8 mln. so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz 6 mlrd 571,5 mln. so‘m bo‘lib rejasi 336,3 mln. so‘m ortig‘i bilan ya’ni 105,1 foizga bajarildi hamda shundan dekabr oyida 2109,4 mln. so‘m undirildi.
Joriy yil mobaynida “Soliq hamkor” dasturi orqali Qonlikul tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari bilan bog‘liq soliq huquq buzarliklari to‘g‘risida jami 48 ta murojat kelib tushgan bo‘lib, shundan 13 ta murojat turli xil sabablarga ko‘ra rad qilingan. Ularning
34 tasida sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlandi.
Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinlari, bugungi tadbirkor kechasidan tubdan fariq qiladi. Qonunchiligimiz ham ular uchun qator enganligi va qulaylik yaratishga qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga o‘z-o‘zidan chek qo‘yilmoqda. Halol tadbirkor uchun shaffof va qonuniy ishlaydigan davri keldi. Shu bois, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanuvchilar soni bugun 238 nafarni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning dekabr oyida tumanda 211 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.
Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.



