Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi
📃“Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–43-son, 03.02.2023 y.) qabul qilindi.
🔹Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
🔹 Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha to‘xtatiladi.
🔹 Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 2023-yil 1-aprelgacha jarimalar qo‘llanilmaydi.
🔹 Shuningdek, tadbirkorlar 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin.



