Аdvokatlarga soliq solish

#Bilganingiz_foyda

Аdvokatlarga soliq solish

Аdvokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari faoliyatning notijorat tashkilotlar sifatida advokatlar tomonidan huquqiy yordam koʼrsatish bilan bogʼliq qismi boʼyicha soliqlar va yigʼimlar toʼlashdan ozod qilinadi, bundan quyidagilar mustasno:

▶️bojxona toʼlovlari;

▶️ijtimoiy soliq;

▶️avtotransport yigʼimi;

▶️toʼlov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar.

Аdvokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam koʼrsatish bilan bogʼliq boʼlmagan) soliqlar va yigʼimlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda toʼlanadi.