Halollik, kasbga sadoqat va mas’uliyat! Inson qaysi jabhada faoliyat yuritishidan qat’iy nazar amal qilishi lozim bo‘lgan mezonlardir. Har bir xodim o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashishi, o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanmasligi lozim.
Qoraqalpoǵiston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Buzatóv tumani soliq inspeksiyasida o‘tkazilgan davra suhbati korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda korrupsiya va ta’magirlikning salbiy oqibatlari haqida so‘z bordi. Xodimlar faoliyati davomida nafaqat tizimning sha’niga dog‘ tushirmasliklari, balki oilasining obro‘sini, farzandlarining kelajagini ham o‘ylashlari lozimligi uqtirib o‘tildi.


Shuningdek, soliq xodimlariga ichki mehnat tartib va odob-ahloq qoidalariga rioya etish, xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish lozimligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shuningdek korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.


Shuningdek, Shaxsiy xavfsizlik bo’limi xodimlari tumandagi tadbirkorlik subyektlari vakillari va fuqarolarga soliq sohasida korrupsion holatlarga duch kelinsa, qanday harakatlanish lozimligi atroflicha tushuntirildi.




