Fermer xoʻjaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad soligʻi qaytarib (https://uza.uz/uz/posts/qishloq-xozhaligida-aholi-bandligini-oshirish-va-er-uchastkalaridan-samarali-foydalanish-chora-tadbirlari-togrisida_457182)beriladi
2023-yil 1-apreldan 2024-yil 1-mayga qadar eksperiment tariqasida paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JSHODSni bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib beriladi:
🔸har bir gektar yer uchun oyiga kamida bir nafar ishchining band boʻlishi;
🔸har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanganda;
🔸fermer xoʻjaligi oʻtgan yil yakuni boʻyicha Soliq kodeksining 57-moddasi talablariga javob berganda.
🏗2023-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan, 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha hisoblangan summani:
– 3 qavatli binoga – 0,9;
– 4 qavatli binoga – 0,8;
– 5 qavatli binoga – 0,7;
– 6 qavatli binoga – 0,6,
– 7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga toʻlaydi. Bunda, ushbu bandda belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent:
🔸mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yordamchi xonalar bilan birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binosining umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan boʻlsa;
🔸ishlab chiqarish maqsadlarida bino bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan boʻlsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qoʻllaniladi.



