
4-sektor rahbari, tuman soliq inspeksiyasi boshlig’i A. Seitovning Namuna mahallada sayyor qabuli bo’lib o’tdi. Qabul davomida fuqarolardan mobil aloqa sifatini yaxshilash, nodavlat maktabgacha tashkilotiga internet tarmog’ini tortish, 52-sonli maktab oldidan o‘tib turgan elektr liniyasini yangisiga almashtirish, ichki ko‘chalarga tosh-shag‘al yotqizish va Fidoiylar ko’chasida elektr kuchlanishini kuchaytirish kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning bittasiga asosli tushuntirish berilib qolgan 4 ta murojaat tegishliligi bo’yicha korxona, tashkilotlarga yo’naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.



