Yakka tartibdagi tadbirkor nechta xodim yollashi mumkin?

Yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat turi bo‘yicha 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega (https://t.me/soliqnews/7048).
👉VMQ-707-son 22.11.2021 (https://lex.uz/docs/-5739505)

Yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari uchun ijtimoiy soliq to‘lashi va JShODS hisobotini taqdim etishi shartmi?

Yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlari bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS)ni hisoblab chiqadi va to‘laydi (https://lex.uz/ru/docs/-4674902#-4687464), hamda har oyda 15-sanadan kechiktirmay JShODS hisobotini taqdim etadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar ijtimoiy soliq ham to‘laydi (https://t.me/soliqnews/10923):
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun oyiga BHMning 0,5 baravari – 165 000 so‘m;
▫️ faoliyatning boshqa sohalarida yollanma xodim uchun (https://lex.uz/docs/-6179326) yiliga BHMning 1 baravari – 330 000 so‘m.

Yakka tartibdagi tadbirkor nogironigi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlasa, imtiyoz beriladimi?

Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar MHTEKMning 3 baravari miqdorida JShODSdan ozod qilinadi.
👉Soliq kodeksi 380-modda (https://lex.uz/ru/docs/-4674902#-4687403)

Shuningdek, I va II guruh nogironlari uchun ijtimoiy soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.
👉Soliq kodeksi 408-modda 4-qism

(https://lex.uz/ru/docs/-4674902#-4687766)Ushbu imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.