To‘rtko‘l tumanida faoliyat koʻrsatuvchi «AKA-UKA NEVARALAR» MChJ tomonidan taqdim qilingan soliq hisobotlari tahlil qilindanda quyidagilar aniqlangan.
Asosiy faoliyat turi vositachilik xizmatini ko‘rsatish bo‘lgan jamiyat 2021-yil 1-fevral kunidan buyon qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi. Bugungi kunga qadar QQS hisobotlarini taqdim qilib kelmoqda.
2022-yil uchun taqdim qilingan QQS hisobot ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 269-moddasiga asosan ilgari hisobga olinmagan 198,0 mln.so‘m QQS summasiga tuzatish kiritish orqali hisobot taqdim qilgan.
Lekin, Soliq kodeksining 269-moddasiga ko‘ra, tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan soliq summasi bunday tuzatishlarni amalga oshirishdan oldingi oxirgi o‘n ikki oy ichida olingan tovarlarning (xizmatlarning) soliq summasi qayta tiklanishi lozim bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlariga to‘g‘ri keladigan qiymati asosida aniqlanishi belgilangan.
Ushbu xolat yuzasidan jamiyatga boshqarma tomonidan 2023-yil 6-iyun kuni asoslantiruvchi hujjat yoki qayta hisobot taqdim qilish yuzasidan xat jo‘natilgan.



