Ta’lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

#savol_javob
#imtiyoz #JShODS

“Soliq xizmati xabarlari (https://t.me/soliqnews)” kanalida 2023-yil 1-avgustdan farzandlar taʻlimi uchun to‘langan summaning 12%ini qaytarib olish bo‘yicha yosh chegarasi (26 yosh) bekor qilinishi haqida xabar berilgan edi (https://t.me/soliqnews/10861). Nega shaxsiy kabinetda farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanmagan?

Farzand uchun yosh chegarasi bekor qilinishi 2023-yil 1-avgustdan keyingi davrlar uchun tatbiq etiladi.

Soliq toʻlovchilar “my3.soliq.uz” sayti orqali 2022-yil va undan avvalgi soliq davrlari (https://lex.uz/docs/-4674902#-4677110) uchun deklaratsiya taqdim etganda farzand uchun 26 yosh chegarasi inobatga olinadi.

2023-yil 1-avgustdan keyingi to‘lovlar uchun 2024-yil 1-yanvardan boshlab deklaratsiya taqdim etiladi. Bunda farzand uchun yosh chegarasi inobatga olinmaydi.

👉Ta’lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi (https://t.me/soliqnews/11285)