#rasmiy_munosabat
Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasining Ichki nazorat tuzilmasi tomonidan joriy yilning aprel oyida Beruniy tumani soliq inspeksiyasida o’tkazilgan xizmat tekshiruvida 81 ta holatda tumandagi jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk soliqlari uchun to’langan 109,7 mln.sómlik pul mablag’lari o’zlashtirilganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida óz vazifasiga vijdonan yondashmagan inspektsiyaning 5 nafar xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Shuningdek, bugungi kunda aniqlangan zarar summasining 74,1 mln.sómi qoplandi.
Tekshirish natijasida to’plangan hujjatlar joriy yilning 28-aprel kuni huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Aniqlangan holat yuzasidan Departamentning Beruniy tumani bo’limi tomonidan Beruniy tumani soliq inspektsiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari o’tkazilmoqda.



