Ijtimoiy tarmoqlardagi xabar bo‘yicha munosabat

Fuqaro D.Q.ga tegishli Ahmad Yassaviy ko‘chasi 260 xonadondagi noturar(gazon)  ob’ekti  hujjat bo‘yicha yer maydoni 1500 kv.m. Ob’ekt uchun  joriy yilda Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining  2024-yil 29-yanvardagi VI-70-1-13-194-K/24-son qarorining  1-ilovasiga muvofiq  qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda  bir gektar uchun 22680.0 mingso‘m stavkada hisoblandi. Ya’ni yer solig‘i  3 402 000 so‘mni, jami mulk maydoni  1251.13 kv.m uchun  2024-yil uchun Soliq kodeksining  412-moddasi birinchi qismi 1-bandiga muvofiq yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulkning mol-mulk solig‘ining soliq solish bazasi 1 kv metr uchun boshqa shaharlarda va qishloq joylarida 1.2 mln so‘m tashkil qilib, hisoblangan mulk solig‘i 15 088 627.8 so‘mni tashkil etdi.

Fuqaro R.B.ga tegishli Ahmad Yassaviy ko‘chasi  247-xonadondagi noturar ob’ekt (sportzal)  hujjat bo‘yicha  yer maydoni  500 kv.m. tashkil etadi. Sportzalga joriy yilga bir gektar uchun 22680.0 ming so‘m stavkada hisoblangan yer solig‘i 1 134 000 so‘mni, jami mulk maydoni 624.72 kv.m 2024-yilda Soliq kodeksining 412-moddasi birinchi qismi 1-bandi yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulkning mol-mulk solig‘ining soliq solish bazasi 1 kv metr uchun mulk soligi 7 534 123.2 so‘mni tashkil qilgan.

Fuqaro R.B. tomonidan joriy yilning 15-yanvar sanasida “Saxtiyon Kurashturlari” MChJ (Faoliyat turi sport maktabi) tashkil qilingan bo‘lib bu ikkita noturar   obekt  31-yanvar kuni firmaning balansiga o‘tkazilgan. Jamiyat tomonidan yuridik yer va mol mulk solig‘i bo‘yicha xisobotlarni Soliq kodeksining 407, 414, 428, 431-moddalariga asosan taqdim qilish va imtiyozlardan foydalanish xuquqiga  egaligini ma’lum qilamiz.

N.Abaev,

Ellikqal’a tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i