Zargarlik sanoati va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq imtiyozlari taqdim etildi

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Zargarlik sanoati va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq imtiyozlari taqdim etildi

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi (O‘RQ-926-son 13.05.2024 ).

Mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni xomashyo resurslari bilan taʼminlash va ularning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek turizmni rivojlantirish maqsadida Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq quyidagi vaqtinchalik soliq imtyozlari taqdim etilmoqda:

🔹 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi;

🔹 2026-yil 1-yanvargacha kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi foyda solig‘idan ozod qilinadi.