2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi.

📊Mazkur reyting mazmun-mohiyati, undagi umumiy, rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi mezonlar haqida batafsil tushuntirish berish maqsadida Chimboy tumani soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, tumandagi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashib, “AAA” toifaga chiqish uchun korxonaning imkoniyatlari va QQSni 1 kunda qaytarib olish mumkinligi, soliq tekshiruvi o‘tkazilmasligi haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.



