KORRUPSIYA JAMIYAT RIVOJLANISHINI IZDAN CHIQARADI

#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo`limi xodimlari va hududiy soliq inspeksiyalarining Sayyor soliq tekshiruvlari xodimlari ishtirokida profilaktik targ`ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda soliq xizmati organlari xodimlari ishtirokidagi salbiy holatlar tahlil qilinib, har bir xodim eng avvalo odob-axloq va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilgan holda o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi shartligi tushuntirildi.

Muloqot davomida xodimlar poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirildi.  Shuningdek, soliq xodimlarning xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida huquq va majburiyatlari tushuntirib o‘tildi.