Qonunchilikdagi yangiliklar

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarning vaqt va mablag‘ bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarini qisqartirish

“Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-33, 30.01.2025-yil

2025-yil 1-maydan tadbirkorlar tan olgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha soliq organi tadbirkorlarning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish tartibi joriy etiladi :

◽️tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olganda, soliq organi mustaqil ravishda bank operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
◽️tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olmagan va e’tiroz bildirgan taqdirda, amaldagi tartibga muvofiq sud tomonidan hal etilishi belgilanmoqda.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgarishlar kiritilganidan keyin amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi 2– va 75-moddasi

Amaldagi tartib qanday?

Soliq to‘lovchilar soliq hisobotlarini belgilangan muddatdan keyin 10 kun ichida taqdim etmaganda, bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi.

◽️Soliq organi faqat 10 kundan ko‘p bo‘lmaganda hisobvaraq operatsiyalarini to‘xtatib turishi mumkin.
◽️10 kundan ko‘p bo‘lganda, faqat sudning qarori asosida amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 111-moddasi