To‘rtko‘l tumani “To‘rtko‘l El rizqi bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududida qishloq xo‘jaligi mahsuloti bilan savdo qilayotgan fuqaro (sotuvchi)lar tomonidan to‘lov terminallariga ega bo‘lmasdan savdo qilayotganligi to‘g‘risidagi berilgan holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani soliq inspeksiyasi rasmiy munosabat bildiradi:
“To‘rtko‘l El rizqi bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq-ovqat va nooziq ovqat mahsulotlari va boshqa xizmat ko‘rsatish uchun jami 812ta savdo shahobchalari va savdo o‘rinlariga ega, shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qilish uchun 608 ta savdo o‘rinlari ajratilgan, lekin tumanimiz aholisining ehtiyojidan kelib chiqqib, mazkur savdo o‘rinlari yetarli bo‘lmaganligi sababli bozor hududining transport vositalari uchun ajratilgan avtoturargohning yer maydonida fuqarolar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotining savdosi bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lmoqda. Mazkur fuqarolar dehqon xo‘jaligida va o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanishmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi 2021 yil 2 aprel kungi Qonunning 13-moddasiga asosan, Dehqon xo‘jaligi o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dalasida, dehqon bozorlarida va savdo markazlarida, shuningdek aholi punktlarida sayyor savdo tashkil etish yo‘li bilan qo‘shimcha sotish huquqiga egaligi va mahsulotlarini naqd pulga yoki bank kartalari bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar orqali cheklovlarsiz realizatsiya qilish huquqiga egaligi ko‘rsatilgan. Bunda dehqon xo‘jaligi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun kassa operatsiyalari qoidalarida nazarda tutilgan hisob yuritishi shart emas. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabr kungi 306-sonli qaroriga muvofiq dehqon bozorlarida savdo o‘rinlari tashkil etgan holda o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishda aholi bilan pulli hisob-kitoblarni fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini va to‘lov terminallari qo‘llamasdan amalga oshirishi mumkinligi belgilangan.
Bundan tashqari, soliq xodimlari tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar va tushuntirish ishlari natijasiga qaramasdan, ayrim tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq qonunchilailariga rioya qilmayotganligi yuzasidan fuqarolarning murojatlari yuzasidan 2024 yil davomida jami 219 ta holatda va joriy yilning o‘tgan davrida 65 ta holat aniqlanib, tegishliligi yuzasidan choralar ko‘rish uchun vakolatli organga yuborildi.
Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishini hamda holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ma’lum qilamiz.
To‘rtko‘l tumani soliq inspeksiyasi



