#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Soliq xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi davra suhbati o‘tkazildi
⚡Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Taxiatosh tumani soliq inspeksiyasida xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

⌛Tadbirda tizimdagi ayrim salbiy holatlar muhokama qilinib, xodimlarga odob-axloq, ichki mehnat tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va soliq to‘lovchilar bilan ochiq muloqot yuritish zarurligi ta’kidlandi.
👉Mazkur uchrashuv soliq tizimida ochiqlik va mas’uliyat muhitini mustahkamlashga qaratildi.



