Soliq xizmati xodimlari o‘rtasida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Soliq xizmati xodimlari o‘rtasida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

🔰Soliq tizimini korrupsiyasiz sohaga aylantirish maqsadida boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ullari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Qo’ng’irot va Shomanay tumani soliq inspeksiyalarida bo‘lib o‘tdi. Unda soliq xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

❗️Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishi, aniqlanishi va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashda har bir xodimning halollik mezonlariga amal qilishi, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatning shakllanishi muhim ahamiyatga ega.