
#korrupsiyaga_qarshi_kurash
✔️Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo`limi xodimlari tomonidan Qonliko’l tumani soliq inspeksiyasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olishga qaratilgan targ`ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan har bir davlat xizmatchisi berilgan vazifaga mas’uliyat bilan yondashishi, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishi va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilgan holda o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi shartligi tushuntirildi.

⚡️Tadbirdan so‘ng tumandagi yirik savdo majmualari va do`konlarida tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotda bo`lib, korrupsiyaviy holatlarga duch kеlinganda Soliq xizmati organlarining tеlеgram ijtimoiy tarmog`idagi @dsq_anticorrupciya_bot (https://t.me/dsq_anticorrupciya_bot) va Ishonch telefoni orqali xabar bеrish mumkinligi va murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanishi ta`kidlanib, flaеrlar tarqatildi.




