#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo’limi xodimlari tomonidan Boʻzatov va Taxtakoʻpir tumani soliq inspeksiyalarida shaxsiy tarkib bilan davra suhbati o‘tkazildi.

✅ Tadbirda soliq xizmati organlari xodimlari ishtirokidagi salbiy holatlar tahlil qilinib, har bir xodim eng avvalo odob-axloq va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilgan holda o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi shartligi tushuntirildi.

✅ Muloqot davomida poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan xodimlar ogohlantirildi. Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari tushuntirib o‘tildi.



