Soliqqa oid korrupsion holatlarning oldini olish har bir xodimning shiori va hayot tarziga aylanmog’i lozim

#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Soliqqa oid korrupsion holatlarning oldini olish har bir xodimning shiori va hayot tarziga aylanmog’i lozim

Nukus tumani soliq inspeksiyasida Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan soliqqa oid korrupsiyaviy omillarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda soliq xodimlari o’rtasida soliq organlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan suhbatlar olib borildi.

Xususan, tadbirda soliq xodimlariga o’z vazifalarini sidqidildan bajarish, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik, soliq tizimida yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish har bir xodimning shiori va hayot tarziga aylanmog’i lozimligi ta’kidlandi.