#korrupsiyaga_qarshi_kurash
Korrupsiya – Jamiyat taraqqiyotiga qarshi tahdid

Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari Taxiatosh tumani soliq inspeksiyasida shaxsiy tarkib ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida soliq xizmati tizimida har bir xodimning o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, odob-axloq va ichki intizom qoidalariga qat’iy rioya etishi lozimligi ta’kidlandi.
Tadbirda poraxo‘rlik, ta’magirlik, shuningdek, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish muhimligi alohida qayd etildi. Xodimlarga xizmat faoliyati davomida amal qilinishi zarur bo‘lgan huquq va majburiyatlar to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur tashabbus korrupsiya va boshqa salbiy holatlarning oldini olish, shuningdek, soliq organlari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.



