#profilaktik_tadbir
Korrupsiya jamiyat rivojiga to‘siq

📌Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Kegeyli tumani soliq inspeksiyasida profilaktik tadbir tashkil etildi.
♻️Tadbirda soliq xizmati organlari xodimlari ishtirokidagi salbiy holatlar tahlil qilinib, har bir xodim eng avvalo odob-axloq va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilgan holda o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi shartligi tushuntirildi.

✔️Muloqot davomida poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan xodimlar ogohlantirildi. Bunday profilaktik tadbirlar tumanlar bo‘ylab davom etmoqda.



