Soliqchi ko‘makchi

#soliqchi_ko‘makchi

♻️ Mamlakatimiz hududlari bo‘ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida kommunal sohaga daxldor xizmatlarning ish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

📍 Xususan, Xo‘jayli tumanidagi faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari va davlat muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘rganish va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Soliq qo‘mitasi vakili tumandagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarida  bo‘ldi.

⚡️Uchrashuv davomid subyektlarining ishlari ko‘zdan kechirilib, muammolari o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar ishchi guruh shtabiga taqdim etilishi nazoratga olindi.