Naqdsiz to`lov tizimi yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda muhim qadam

#yashirin_iqtisodiyot

 

 

 

 

 

 

 

Naqdsiz to`lov tizimi yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda muhim qadam

Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi boshlig‘i hududdagi alkogol va tamaki mahsulotlari hamda yoqilg‘i quyish shoxobchalari vakillari bilan uchrashdi.

Tadbirkorlar bilan bevosita muloqotda 2026 yil 1 apreldan boshlab mamlakatimizda naqdsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish va barcha to‘lovlar bank kartasi yoki 🔗onlayn to‘lov orqali amalga oshirilishi, xaridorlarga qulaylik yaratish va onlayn to‘lovlarni keng joriy etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Tadbirlar davomida tadbirkorlarga yangi tartibga ko‘ra naqdsiz to‘lovlarning afzalliklari va qonunchilik talablari haqida tushuntirishlar berildi hamda tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

 

 

 

 

 

Naqdsiz hisob-kitoblarni kеngaytirish nafaqat davlat byudjеti barqarorligini ta`minlaydi, balki tadbirkorlik subyеktlari faoliyatini ham qonuniy va shaffof asosda yuritishga xizmat qiladi. Shu bois, barcha tadbirkorlardan yangi tartiblarga mas`uliyat bilan yondashish, bеlgilangan talablarga qat`iy amal qilish so`raldi.

Mutasaddilar tadbirkorlarni yangi tartiblarga amal qilishga chaqirdi.