#yashil_makon

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan respublika miqyosida «Yashil makon» umummilliy loyihasiga start berildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan videoaloqa orqali mamlakatimiz farovonligiga, yashil belbog‘larni barpo etishga hissa qo‘shish niyatida bo‘lgan respublika faollari, yoshlar, nuroniylar va xotin-qizlar, idora, tashkilotlar xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq tizimi xodimlari daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
Yashil makon barpo etish orqali yil boshidan bugungi kunga qadar soliqchilar tomonidan 1365 tup manzarali ko’chatlar ekildi. Daraxt ko‘chatlarini ekish ishlar davom ettiriladi.





