Soliq qonunchiligidagi yangiliklar tadbirkorlik subyektlariga yetkazildi

 

 

 

 

 

 

#uchrashuv

Soliq qonunchiligidagi yangiliklar tadbirkorlik subyektlariga yetkazildi

Nukus shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi “Kichik biznes subyektlarining oʻsishi uchun yanada qulay iqtisodiy va maʼmuriy shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PF-100-son Farmonining mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi.

 

 

 

 

 

👉Seminarda Soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi T.Ismailov va boshqarma boshlig‘i E.Narmanovlar yig‘ilganlarga yangi hujjat bilan joriy etilgan yengilliklar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, muloqot davomida soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tish uchun belgilangan chegaraviy miqdor BHMning 12 ming baravarigacha oshirilgani, import qiluvchilar uchun majburiy QQS talabining bekor qilingani hamda umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga QQSni hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

 

 

 

 

 

 

Ochiq muloqotda biznes vakillarining savollariga mutasaddilar tomonidan huquqiy va amaliy tushunchalar berilib, faol tadbirkorlarning sohaga oid taklif va mulohazalari tinglandi.