E’lon

#elon

📣 Hurmatli tadbirkorlar!

Qoraqalpogʻiston Respublikasıda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, soliq qonunchiligidagi yangiliklarni yetkazish hamda sohada uchrayotgan muammolarni muhokama qilish maqsadida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

📌 Tadbirlar davomida:
🔹soliq qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar;
🔹tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar;
🔹amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari;
🔹tadbirkorlarni qiziqtirayotgan boshqa masalalar muhokama qilinadi.

Shuningdek, qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishingiz hamda taklif va tashabbuslaringizni bevosita bildirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

⚠️Ochiq muloqotlarni o‘tkazish joyi va vaqtiga zaruratga ko‘ra o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Barcha tadbirkorlarni ochiq muloqotlarda faol ishtirok etishga taklif etamiz!