Mazkur murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilganda, Nukus shahridagi “NOKIS BEREKET SAWDA KOMPLEKSI” MChJda savdo o‘rni uchun bir martalik yig‘im puliga 2026-yil 13-noyabr kuni berilgan №3130 sonli 27 000 so‘mlik fiskal cheki fuqaro M.Kga taqdim etilgan va fuqaro tomonidan «Soliq» ilovasidan 1 foizlik keshbek ro‘yxatdan o‘zi tomonidan o‘tkazilgan.Shuningdek fuqaro M.K tomonidan ilgari bozor ma’muriyatiga bir martalik yig‘im uchun to‘langan puliga jamiyat tomonidan taqdim etilgan fiskal cheki bozor ma’muriyati xodimi tomonidan «Soliq» ilovasidan 1 foizlik keshbek olish maqsadida ro‘yxatga olganligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagi aniqlangan holatlar yuzasidan «NOKIS BEREKET SAWDA KOMPLEKSI» MChJdan rasmiy ma’lumot so‘ralganidan jamiyat xodimi tomonidan kunlik bir martalik yig‘im pullariga berilgan fiskal cheklar «Soliq» ilovasidan 1 foizlik keshbek olish maqsadida ro‘yxatga olinganligi sababli, bunday holatlar jamiyat xodimi tomonidan bir necha bor takrorlanganligi sababli bozor ma’muriyati tomonidan kelgusida bunday xato kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tegishli tartibda intizomiy jazo qo‘llanilgan.
Shuningdek, fuqaro M.Kga fiskal belgili cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish va sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib olishda uziga tegishli bo‘lgan cheklar, avval ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha chek aniqlansa, «Soliq» maxsus mobil ilovasidan ruxsatisiz qaytarib olish huquqini olganligi to‘g‘risida shikoyat qilib, shubhali xaridorlar reestriga kiritilgandan boshlab o‘n ikki kalendar oygacha shubhali xaridorlar reestr turishi yuzasidan tushintirish ishlari olib borildi.



