Daromad solig‘ini talabalar zimmasiga yuklaganligini haqida tarqatilgan xabarlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Ko‘chmas mulk obyektlarini talabalarga ijaraga berishda daromad oluvchi mulk egasi bo‘lib, Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq bunday daromad jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari hisoblanadi.
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarning majburiyati hisoblanib, natijada ijarada turuvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi (SK 85-moddasi).
Shuningdek, jismoniy shaxslar uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksining 378-moddasiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi Qonun loyihasi O‘zR Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqilib, birinchi o‘qishda qabul qilingan va 2022-yil 1-yanvardan amaliyotga tatbiq etiladi.



