Ijtimoiy tarmoqdagi maqola yuzasidan

Joriy yilning 15 fevral sanasida Nukus shahar davlat soliq isnpeksiyasining tegishli buyrug‘iga asosan Nukus shahar E.Alako‘z ko‘chasidagi «ISENIM PHARM» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli dorixonada iste’molchining 2 ming so‘mga amalga oshirgan xaridi uchun chek berilmaganligi aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib,   sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazildi.

O‘rganish ishlari davomida tadbirkor tomonidan shuningdek,  8,5 ming so‘m naqd pulning kassaga kirim qilinmaganiligi ham aniqlangan.

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 apreldagi “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2022 yil 1 yanvardan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida amalga oshirgan xaridi uchun berilgan chekning fiskal belgisini Soliq mobil ilovasida matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytarilishi belgilangan. Bu albatta iste’molchilar haq-huquqlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadbirkorning noqonuniy harakati fuqarolarning iste’molchi sifatidagi hamda qarorda ko‘rsatilgan imkoniyatlardan foydalanish imkoniyati cheklab qo‘yishi aniq, albatta. Tadbirkor bu kabi harakati bilan nafaqat o‘ziga, balki xaridorga ham noqulayliklar tug‘dirishi tabiydir.

Eslatib o‘tamiz, qaror bilan shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan sotib oluvchiga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo‘llanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi to‘g‘risida Soliq hamkor dasturi orqali soliq organlariga xabar bergan jismoniy shaxslarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi

Matbuot xizmati