Muhtaram Prezidentimiz tomonidan soliq ma’murchiligini takomillashtirish borasida qator islohotlar amalga oshirildi. Bu jarayon jadal davom ettirilmoqda.Natijada yillar davomida mamlakat taraqqiyotida har tarafdan to‘g‘onoq bo‘lib kelayotgan murakkab va og‘ir tizim tubdan yangilandi.Soliq ma’murchiligini yangi bosqichga chiqarishda 2020 yilda kuchga kirgan yangi soliq kodeksi omil bo‘ldi. Kodeks bilan soliq qonunchiligiga qator yangiliklar kiritildi:
Birinchidan, soliq turi 16 tadan 9 taga, nazorat shakli esa 13 tadan 2 taga qisqartirildi.
Ikkinchidan, soliq idoralarining ustuvor vazifalari sifatida soliq to‘lovchilar bilan “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida ish yuritish prinsiplari kiritildi.
Uchinchidan, zamonaviy axborot texnalogiyalarning keng tadbiq etilishi hisobiga soliq ma’muriyatchiligi xususan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish tartibi tubdan o‘zgartirildi.
To‘rtinchidan, ortiqcha to‘lov olishdek xunuk tajribadan butunlay voz kechildi.Bu kabi holatlar qayd etilgan taqdirda ortiqcha to‘lov summasini qaytarish bilan birga, har bir kechiktirilgan kun uchun foiz to‘lash tartibi amaliyotga kiritildi.
Beshinchidan, soliq qarzini debitorlardan undirish tartibidan ham voz kechildi.Bu soliq to‘lovchilarning o‘z mablag‘larini mustaqil ravishda tasarruf etish imkonini beradi.
Oltinchidan, soliqlar to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etish vakolatlari davlat soliq xizmati organlari va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga berildi.
“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili joriy etilishi natijasida 2022 yilning birinchi choragida To‘rtko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 1 286 tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jaryon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 1 155 tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibi tushuntirildi. 2022 yilning birinchi choragida 688 ta tadbirkorlik sub’ektlarining 263,4 mln. so‘mlik ortiqcha to‘lovlari boshqa soliq to‘lovlaridan bo‘lgan qarzlariga singdirildi. Bundan tashqari 68 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 91,278 mln. so‘mlik ortiqcha to‘lovlari bank hisob raqamiga qaytarib berildi. Faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘maklashish natijasida 2022 yilda bugungi kunga qadar 27 ta tadbirkorlik sub’ektlaring faoliyati qayta tiklandi. Biz soliq idoralari xodimlari albatta Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.



